
"Manchester Siti" futbolchilari tunda ham mashg‘ulotlar bazasida qoladigan bo‘ldi
"Manchester Siti" futbolchilari bir necha tunni klub bazasida o‘tkazadi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.
Mazkur holat haqida jamoa murabbiy Xosep Gvardiola o‘z fikrini bildirdi.
- Biz chorshanba kuni kechqurun mashq qilamiz, so‘ng bazada qolamiz. Keyingi kun esa o‘ynaymiz. Umid qilamanki, futbolchilar bu erda bo‘lishni xohlashadi. Sababi, bu ularning ishi," - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Rojdestvodan so‘ng darhol bazada tunash amaliyoti 2014 yilda paydo bo‘lgan va jamoa ertasi kuni o‘z maydonida o‘ynagan hollarda qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, 26 dekabr kuni "shaharliklar" APLning 18-turi doirasida "Everton" bilan bahs olib boradi.
Fikrlar