
"Manchester Siti" argentinalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish arafasida
"Manchester Siti" "River Pleyt"dan Klaudio Echeverrini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Tomonlar og‘zaki kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Ma’lum bo‘lishicha, "shaharliklar" yarim himoyachining tovon puli 25 million evroni to‘laydi. Shu bilan birga, futbolchi klub tarkibiga 2025 yilda kelib qo‘shiladi. 2006 yilda tug‘ilgan xavbek manchesterliklar bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi.
Echeverri uchun "Chelsi" va "Barselona" ham kurshda bor edi, lekin bu transferni "Manchester Siti" ilib ketdi.
Fikrlar