"Manchester Siti" 75 mln evro turadigan futbolchini sotib olmoqchi

  • 17 sentabr, 2020, 16:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sevilya” himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

21 yoshli frantsuz futbolchisiga “Manchester Siti”dan jiddiy qiziqish paydo bo‘lmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.

“Shaharliklar” Kundening narxini tushirish uchun andalusiyaliklar qiziqayotgan himoyachi Nikolas Otamendini transferga qo‘shishga tayyor. Jyulning tovon puli 75 mln evroni tashkil etadi.

Kunde o‘tgan mavsum La Ligada 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!