"Lokomotiv" Birinchi liga klubini mag‘lub etdi

  • 13 avgust, 2020, 21:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishni niyat qilgan "Lokomotiv" jamoasi bugun Birinchi ligada ishtirok etuvchi "Rubin" klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi.

Tecno

TTYMI stadionida o‘tgan bellashuvda "temiryo‘lchilar" 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Diyor Turopov, Toxir Rafaelov va Dilshod Komilov ohangaronliklar darvozasini bir martadan ishg‘ol qilishga erishdi.

Andrey Fyodorov shogirdlari Superliga 10-turida AGMK klubiga qarshi maydonga tushadi. 

Nazorat o‘yini

"Lokomotiv" — "Rubin" 3:1

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Shuhrat Muhammadiev, Farrux Ibrohimov, Slavko Damyanovich, Sherzod Fayziev, Vadim Afonin, Davron Umirov, Avazbek O‘lmasaliev, Marat Bikmaev, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Kirill Pogrebnyak.

Zaxiradan tushganlar: Rustam Nartajiev, Diyor Turopov, Javohir Alijonov, Ibrohim G‘anixonov, Dilshod Komilov, Shahzod Shaymanov, Kaxi Maxaradze, Jaloliddin Jumaboev, Asadbek Ergashev, Toxir Rafaelov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!