
Leo Messi yana bir rekordni o‘rnatdi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya La Ligasining 20-turida bo‘lib o‘tgan "Granada" (1:0) ga qarshi bahsda gol urishga erishdi.
Ushbu gol argentinalik futbolchi uchun La Ligadagi 2020 yilning dastlabkisi bo‘ldi. Shu bilan, kalendar hisobi bo‘yicha Ispaniya chempionatida 16 yildan buyon ketma-ket gol urib kelayotgan yagona futbolchiga aylandi.
Top-5 ligalari hisobi bo‘yicha esa, Messidan faqat 3 ta futbolchi oldinda. Bular: "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu (18 yil), "Verona" hujumchisi Jampaolo Patstsini (17 yil) va "Bordo" a’zosi Jimmi Brian (17 yil).
Fikrlar