
Kayl Uokerga Italiyaning grand klubi o‘z eshiklarini ochdi
"Manchester Siti" futbolchisi Kayl Uokerga A Seriyaning "Milan" klubi yangi shartnoma taklif qilmoqchi, deb xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Xabaringiz bor, 2 kun oldin Uoker Gvardioladan jamoani tark etish uchun ruxsat so‘ragan. Shu bilan birga boshqa xorijiy davlatda harakat qilishini xohlayotganini ham murabbiyga bildirgan. Ushbu voqea sababli o‘yinchi Angliya kubogi doirasidagi "Solford Siti"ga qarshi bahsning qaydnomasiga ham kiritilmadi.
Insayder Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, mazkur vaziyatdan so‘ng milanliklar angliyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Agar manchesterliklar futbolchi uchun takliflarni ko‘rib chiqmoqchi bo‘lsa, italiyaliklar harakatni tezlashtirmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, 34 yoshli qanot himoyachisining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 10 million evro deb hisoblanmoqda.
Fikrlar