Jasur Jaloliddinov: Saudiya bilan ancha oldin boshlangan hisob-kitobimiz bor edi

  • 26 aprel, 2024, 22:02
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak final bosqichi doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib bordi. Unda hamyurtlarimiz 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Birinchi golni Husain Norchaev kiritgan bo‘lsa, ikkinchi golga Umarali Rahmonaliev mualliflik qildi. Shuningdek, 70-daqiqada raqiblar a’zosi Ayman Yahyo ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.

Jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinov uchrashuvdan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Bu jamoa bilan ancha oldin boshlangan o‘zaro hisob-kitobimiz bor edi va xudoga shukur qiziqarli bo‘lgan battleda biz g‘alaba qozondik, maqsadimiz sari yurishda davom etamiz. Jonajon xalqimizga va biz uchun duoda bo‘lib turgan vatandoshlarimizga katta rahmat."

Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze shogirdlarining yarim finaldagi  raqibimi Indoneziya termasi bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Musajon
26/04/2024 22:29
Йигитларимизга РАХМАТ ,Олимпиада ўйинларда иштирок этишга лойиқсиздар!!!
&
Адхамжон Низомов
26/04/2024 23:08
Салом Париж.
Begmatov Avaz
26/04/2024 22:44
Баракалла йигитлар,ОЛГА Узбегим.