Italiyalik hujumchi 12 yillik diskvalifikatsiyadan so‘ng maydonga qaytdi

  • 15 fevral, 2022, 10:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sampdoriya” klubining sobiq hujumchisi Franchesko Flaki uzoq yillik tanaffusdan so‘ng maydonga qaytdi.

Tecno

46 yoshli hujumchi Italiya beshinchi divizionida “Signa 1914” jamoasi safida o‘yin o‘tkazdi.

2007 yilda o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida Franchesko Flakining organizmida kokain unsurlari borligi aniqlanib, ikki yilga futboldan chetlatilgan edi. Ikki yildan so‘ng o‘tkazilgan testlarda ham hujumchi yana kokain iste’mol qilgani tasdiqlandi.

Shundan so‘ng mohir hujumchi jami 12 yillik diskvalifikatsiyaga uchradi.

- Bu qayta tug‘ilgandek gap. Menga o‘zimni yana futbolchi sifatida his qilish imkonini berganlarga minnatdorlik bildiraman, - dedi Flaki.

Franchesko yulduzli davrlarida “Fiorentina”, “Bari”, “Ankona”, “Sampdoriya”, “Empoli” va “Breshiya” kabi klublar sharafini himoya qilgan. Yoshligida 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan Italiya terma jamoasi o‘yinchisi ham bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!