
Italiya terma jamoasi "Yuventus"ga katta zarar keltirdi
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchida koronavirus aniqlandi bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 33 yoshli futbolchining Italiya terma jamoasi safidan qaytib kelgach topshirgan test natijasi musbat chiqqan. Ayni damda u o‘z uyida karantinga olingan.
Bu so‘nggi ikki kun davomida "Yuventus"da koronavirus bilan bog‘liq aniqlangan ikkinchi holat bo‘ldi. Bundan avvalroq, Turkiya terma jamoasi himoyachisi Merix Demiralda ham COVID-19 borligi aniqlangan edi.
Bonuchchi joriy mavsum A Seriyada jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. “Yuventus” esa musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar