Ispaniya klubi "An-Nasr" futbolchisini La Ligaga qaytarmoqchi

  • 17 iyun, 14:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletik Bilbao" Emerik Lyaportni ortga qaytarishni istaydi, biroq futbolchining narxi qimatligi tufayli transfer amalga oshishi so‘roq ostida qolmoqda.
 
Himoyachi Ispaniya klubida 2012 yildan 2018 yilgacha o‘ynagan. Shundan so‘ng Lyaport 65 million evro evaziga Angliya Premer-ligasining "Manchestr Siti" klubiga borib qo‘shilgan edi.

Tecno

2023 yilda ispaniyalik futbolchi "Siti" dan Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubiga 30 million evroga transfer qilinadi va klub bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. 

Emerik Saudiya klubida yilliga 25 million evro maosh oladi. Bunday maosh Evropa jamoalari uchun qimmatlik qiladi. Qolaversa "An-Nasr" futbolchining transferi uchun sarflangan mablag‘ning hech bo‘lmaganda bir qismini qaytarish niyatida.

Bilbaoliklardan tashqari, 31 yoshli ximoyachi uchun "Marsel", "Arsenal", "Aston Villa", "Inter" va "Napoli" klublari ham qiziqish bildiroqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!