
Ikki yulduzni tekin olamiz!
“Chelsi” rahbariyati odatga ko‘ra, har bir transfer oynasida faollik ko‘rsatib kelmoqda. Ayni paytda klub sport bo‘limi 2026 yilga mo‘ljallangan savdolar ustidan ish olib boshlagan.
Transfer News Live va TBR Football nashrining yozishicha, London klubi ikkita katta transferni amalga oshirmoqchi. Qiziq tomoni ular yangi yulduzlarni erkin agent maqomida tekinga klubga olib kelishni mo‘ljallagan.
“Chelsi” nishoniga “Kristal Pelas” markaziy himoyachisi Mark Gexi va “Milan” darvozaboni Mayk Menyan tushgan. Bu futbolchilarning klublari bilan amaldagi kelishuvlari 2026 yilning 30 iyunida o‘z nihoyasiga etadi.
25 yoshli Mark Gexi yozgi transferlar oynasining oxirida “Liverpul”ga ko‘chib o‘tayotgan edi. Biroq muayyan sabablarga ko‘ra, bu transfer amalga oshmay qoldi. 30 yoshli Menyanning Milandan ketishi haqida xabarlar tarqalganiga qaramay, tajribali golkiper shartnomasini “Milan”da yakunlaydigan bo‘ldi.
Fikrlar