Ignatiy Nesterov "Qizilqum"dan ketdimi? Yangi bosh murabbiy u haqida nima deydi?

  • 20 yanvar, 2022, 00:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bu yil 39 yoshni qarshilaydigan darvozabon Ignatiy Nesterov oxirgi bir yarim yilni Navoiyning “Qizilqum” klubida o‘tkazganidan yaxshi xabardorsiz. O‘tgan yili Superliga doirasida barcha 26 ta uchrashuvda to‘liq ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 29 ta to‘p o‘tkazib yubordi.

Oxirgi paytlarda uning “Qizilqum”dan ketgani borasida turli gap-so‘zlar yo‘q emas. U rostdan ham navoiyliklar safini tark etdimi? Bu borada “Qizilqum”ning yangi bosh murabbiyi Nikola Lazarevichga murojaat qilganimizda quyidagicha javob qaytardi:

nesterov1_1

“Ignatiy Nesterov yaqinda qaytadi va jamoa safiga qo‘shiladi. Ana shunda biz barchasini muhokama qilib olamiz. Fikrimcha, hozir bu masalada gapirishga hali erta. Uning yoshiga kelsak, bu yakuniy qarorimizga sabab bo‘la olmaydi”, - dedi Lazarevich.

Tez orada Nikola Lazarevich bilan uyushtirilgan suhbatni Sports.uz saytida o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!