Husanovga yangi raqobatchi! "Manchester Siti" yana bir himoyachini sotib oladi

  • 12 yanvar, 17:40
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" qishgi transferlar oynasida yana bir himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda "TheSun" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Xabarga ko‘ra, klub "Valyadolid" himoyachisi Juma Ba uchun kurashda g‘olib chiqishga yaqin. "Shaharliklar" futbolchi bilan shartnoma tuzib, uni bir yarim yilga ijaraga berishni rejalashtirmoqda. Ba dastlab "Manchester Siti" bilan kelishuvga rozi bo‘lgan. Biroq, futbolchiga "Inter", "Lans" va "Fenerbaxche"dan takliflar bo‘lgach u qaror qabul qilish uchun vaqt so‘ragan.

"Siti" futbolchi baribir ular bilan shartnoma imzolashiga ishonch bildirmoqda. Sababi, tomonlar uzoq vaqtdan beri muzokara olib borishmoqda. Vaziyat rivojini "Everton" va "Kristal Pelas" ham kuzatib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Ba 2024 yil avgustida "AIK Fritong"dan ijara asosida "Valyadolid"ga o‘tgan. Ijara shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Transfermarkt portali 18 yoshli futbolchini 1 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!