
Humoyun To‘htamurodov yangi ligada jang qiladi
Qo‘qonlik aralash yakkakurashlar ustasi Humoyun To‘htamurodov AQSh da yangi tashkil etilgan liga bilan shartnoma imzolagani haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.
"Assalomu alaykum barchaga, bugun Amerikaning "Global fight league" si bilan 1 yillik shartnoma imzoladim. Bunga erishishimda menejerim va siz aziz vatandoshlarimning qo‘llab-quvvatlashlaringiz juda katta ahamiyatga ega edi.Tez kunda jang sanasi va raqibni e’lon qilaman! Vatanim sharafini, bayrog‘ini okean ortida ko‘tarish men uchun ham burch, ham sharaf, olg‘a O‘zbekistonim" - deb yozdi jangchi Instagram dagi shaxsiy sahifasida.
Ma’lumot uchun, ushbu liga bilan yana bir yurtdoshimiz Amirxon Alixo‘jaev ham shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar