Hujumchimiz sakkizta legioner bilan birga o‘ynaydi

  • 24 fevral, 2023, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasida ishtirok etayotgan “Tobol” jamoasi 2023 yilgi chempionatda qatnashadigan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Tecno

Hozircha, klub rahbariyati jami 22 nafar futbolchini qaydnomaga kiritgan. Ularning to‘qqiz nafari  xorijlik o‘yinchilar.

“Tobol” legionerlarining katta qismini evroplik charm to‘p ustalari tashkil qiladi. Ulardan to‘rt nafari Rossiya fuqarosi hisoblanadi. Bosniya va Gertsegovina, Serbiya, Vengriya kadi “ko‘hna qit’a” davlatlaridan bir nafaran vakil bor.

Kustanayliklar hujum chizig‘ida ikki nafar legionerni o‘ynatadi. Ulardan biri Serj Demle Kot-d’Ivuardan kelgan. Asosiy hujumchi esa, “Tobol” muxlislariga ancha qadrdor bo‘lib qolgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeevdir.

62f3b7d441766_1

“Tobol”ning 2023 yilgi tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabonlar: Sultan Busurmanov, Ivan Konovalov (Rossiya), Timur Akmurzin (Rossiya);

Himoyachilar: Daniyar Semchenkov, Albert Gabaraev (Rossiya), Timur Jakupov, Aleksandr Marochkin, Roman Asrankulov, Bagdat Kairov;

Yarim himoyachilar: Yovan Ilich (Bosniya va Gertsegovina), Jaslan Jumashev, Serikjan Mujikov, Islam Chesnokov, Samat Jarynbetov, Pavel Kireenko (Rossiya), Milan Vukadinovich (Serbiya), Bekzat Ermekbaev, Vyacheslav Kulpeisov, Beybit Galim, Asmir Sulich (Vengriya);

Hujumchilar: Serj Deble (Kot-d’Ivuar), Igor Sergeev (O‘zbekiston).

Hamyurtimiz “Tobol” sharafini 2021 yilning yozidan beri  himoya qilib kelmoqda. Segeev aslida Qozog‘iston Premer-ligasiga 2021 yilning boshida ko‘chib o‘tgan va dastavval “Aktobe” safidan joy olgan edi.

Mavsum davomida “Aktobe”ning maqsadlari va moliyaviy imkoniyatlari o‘zgargani bois, chempionlik uchun kurashayotgan “Tobol” Igorni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Igor Sergeevning Qozog‘iston Premer-ligasidagi faoliyati muvaffaqiyatli kechmoqda. Hujumchimiz 2021 yilgi mavsumda qo‘shni mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. O‘tgan mavsum esa, jamoadoshlari bilan birga bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Igor Sergeev Qozog‘iston Premer-ligasiga ko‘chib o‘tganidan buyon ushbu musobaqada 51 ta uchrashuvda 20 ta gol va to‘rtta golli pas muallifi bo‘ldi. Qozog‘iston kubogida o‘n bir marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini olti marta ishg‘ol qildi.

Xalqaro maydondagi Evropaning nufuzli turnirlari – Chempionlar ligasi va Konferentsiyalar kubogining saralash musobaqalarida o‘zini ko‘rsatib, gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

6391ec6988d3c_1

Igor Sergeev aslida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida Xitoyoning “Beytszin Goan” hamda Birlashgan Arab Amirliklarining “Az-Zafra” jamoalari sharafini ham himoya qilgan.

Igor Sergeev 2013 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilinmoqda. 29 yoshli hujumchimiz shu kunga qadar bosh jamoamizda 67 ta bahsda qatnashib, o‘z hisobiga 19 ta gol yozdirib qo‘ygan.

“Tobol” Premer-ligadagi ilk uchrashuvini 4 mart kuni o‘z maydonida Pavlodarning “Aksu” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Endi Shomurodovga boshqalar ustozlik qiladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!