
Hammasi Messi uchun: “Barsa” kimlarni sotish va qoldirishni hal qildi
“Barselona” rahbariyati Lionel Messi bo‘yicha transfer rejasi La Liga mutasaddilari tomonidan rad etilganiga qaramay, argentinalik jahon chempioni olish fikridan qaytgani yo‘q.
Messi transferini uddalash uchun kataloniyaliklar maoshlar fondini 205 million evroga qisqartirishi shart.
AS nashrining ta’kidlashicha, klub mutasaddilari darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, himoyachi Jordi Alba va yarim himoyachi Frenki de Yong shartnomasini qayta ko‘rib chiqadi. Ular “Barsa”da qolishni istasa, maoshining bir qismidan voz kechishi kerak.
Yana uch futbolchi – Serxio Buskets, Ferran Torres va Niko Gonsales yozda klubni tark etishi talab etiladi.
Bosh murabbiy Xavi Ernandes faqatgina Ronald Arauxo, Jyul Kunde, Gavi, Pedri va Robert Levandovskining joyini kafolatlamoqda. Qolgan qolgan o‘yinchilar bo‘yicha yaxshi takliflar tushsa, ular ham sotib yuboriladi.
Fikrlar