Gvardiola ham osiyolik o‘yinchi oladigan bo‘ldi

  • 2 noyabr, 2023, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa tarkibini “Real Sosedad” yarim himoyachisi Takefusa Kubo bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

Yaponiyalik futbolchi “Real” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq “Qirollik klubi”da unga imkon berilmagach, Kubo faoliyatini “Real Sosedad” jamoasida davom ettirishga qaror qildi.

22 yoshli osiyolik futbolchi joriy mavsumda La Liga kashfiyotlaridan biriga aylandi. Kubo o‘nta uchrashuvda beshta gol va ikkita assist qayd etdi.

Xosep Gvardiola bu futbolchining iqtidorini yuqori baholamoqda va unga shaxsan o‘zi qiziqish bildiryapti.

Yaponiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Uning transfer summasi 50 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!