
Gavi Messini pastga survordi
“Barselona”ning yosh hujumchisi Gavi jamoa afsonasi Lionel Messining natijasini yangiladi.
Ispaniya chempionatining 18-turida “Elche”ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Gavi “Barsa” tarixida gol ugan eng yosh o‘yinchilar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi. Shu kuni bu hujumchi 17 yoshu 135 kunlik edi.
Avval, uchinchi o‘rinni Lionel Messi egallab turgandi. Argentinalik yulduz “Barselona” uchun ilk golini 17 yoshu 331 kunligida kiritgan.
Bu borada yaqqol rekordchi Ansu Fati hisoblanadi. U kataloniyaliklar safida birinchi golini nishonlaganida 16 yoshu 304 kunlik edi. Keyingi o‘rinda qayd etilgan Boyan Krkich 17 yoshu 53 kunligida gollar hisobini ochgan.
Fikrlar