FR: Baqoev "cho‘l jangchilari"ga sarkardalik qila oladimi?

  • 8 aprel, 2023, 01:50
  • Odilbek Fayzullayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Superliganing 5-turiga start berildi. Bir necha kun oldin murabbiyini almashtirgan "Buxoro" o‘z maydonida Toshkentning "Bunyodkor"iga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Tecno

photo_2023-04-07_21-03-24

"Qaldirg‘ochlar"ni bu yil hech kim yutolmayotganini inobatga olsak, bu sensatsiya emas. Ammo klub qatorasiga 4 o‘yinda gol urolmayotgani, ularning barchasini yutqazgani boshqa masala. Baqoevga vaqt berilsa, o‘yin sifati va natijalar yaxshilanishiga ishonamiz. Ungacha esa ushbu mutaxassis qayd etayotgan noxush seriya haqida 2 og‘iz:

photo_2022-10-18_22-09-01

1) U "Buxoro" murabbiyi sifatida o‘tkazgan so‘nggi 5 o‘yinining barchasini yutqazgan edi. Eng qizig‘i, mana shu mag‘lubiyatlar ketma-ketligi bugungi raqib — "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuv bilan boshlangan edi. Bugungi uchrashuv u uchun "Buxoro" ustozi sifatida qatorasiga 6-muvaffaqiyatsizlik bo‘ldi.

photo_2022-10-05_21-54-25

2) Baqoevning oxirgi o‘yinlarda qayd etilayotgan umumiy statistikasiga ham havas qilib bo‘lmaydi. 45 yoshli mutaxassis "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi sifatida o‘tkazgan so‘nggi 12 o‘yinining hech birini yuta olmagan, ulardan 8tasida mag‘lub bo‘lgan edi. Bugun uning g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi naq 13taga etdi.

photo_2022-03-12_14-23-51

Bularning hammasi o‘z yo‘liga. Buxorolik ishqibozlar tushkunlikka tushmasligi uchun so‘zimizni boshqacharoq fakt bilan yakunlaymiz: Baqoev "So‘g‘diyona"ni ham aprel oyida (2019) qabul qilib olgan, o‘shanda Jizzax klubi dastlabki 4 turning 3-tasini yutqazgani holda Superligada 12-o‘rinni band qilib turgan edi. Va ushbu mutaxassis yil oxirida "So‘g‘diyona"ni 4-o‘ringa olib chiqqan, hatto OChL yo‘llanmasi uchun so‘nggi turlargacha Abramov boshchiligidagi "Bunyodkor" bilan kurashgandi.

photo_2022-04-27_11-34-40

Bu gal u 12 emas, 11-o‘rinda borayotgan "Buxoro"ni qabul qilib oldi. Qolganini birga kuzatamiz...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
● 10 ●
08/04/2023 18:24
Бухоро ФКга хурмат саклаган холда шуни айтишим мумкинки, Бухоро таркибидаги футболчилар У.Бакоев жорий киладиган жангари футбол учун ожизлик килади.
У.Бакоевнинг жамоаларида асосан химоянинг мустахкамлиги эвазига натижа курсатишган. Сугдиёнада хам шундай холатни кузатгандик.
Лекин бу, У.Бакоевнинг узига яраша услуби хисобланади. Футболчиларини майдонда жангга тушгандек тоблайди, мотивация бера олади.
Абдухаликов Мухаммад
08/04/2023 11:45
Бухорога янги футболчилар керак шундан сунг галаба булади
Khaydarov Fakhriddin
08/04/2023 10:36
Нима дегани чўл жангчилари? Мақола муаллифи ўйлаб ёзганми нима ёзаётганини, ёки қадимий ва ҳамиша навқирон қўҳна Бухорои Шариф клубига ҳурматсизликми бу... Тўғрилаб қўйгин мақолангни Фахриддин Рўзиев...