
Fernandesh: MYu g‘alaba qozonishga odatlangan
Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"ning mentaliteti haqida fikr bildirdi.
Murabbiy Ruben Amorim shogirdlari Evropa ligasidan o‘rin olgan "Reynjers"ga qarshi bahsda 2:1 hisobida zafar quchdi. Portugaliyalik ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alaba golini kiritdi.
"Bu klubda har bir o‘yinda g‘alaba qozonish kerak. Agar bunday qila olmasang, juda qiyin. Sababi, MYu g‘alaba qozonishga odatlangan katta jamoa.
Umid qilamanki, muxlislar hech qachon mag‘lubiyatlarga o‘rganib qolishmaydi. Biz har o‘yinda zafar quchishimiz kerak. Muxlislar buni his qilishlarini xohlayman", - dedi "qizil iblislar" sardori Brunu Fernandesh.
Fikrlar