Fayzullaev ketishidan oldin TsSKA bosh murabbiy unga va jamoadoshlariga murojaat qildi

  • 4 sentabr, 2023, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol muxlislarining aksariyati Rossiya Premer-ligasida TsSKA jamoasiga ham ishqibozlik qilmoqda.

Tecno

Bunga sabab, mamlakatimizning eng iqtidorli o‘yinchilaridan Abbosbek Fayzullaevning yozda  moskvalik armiyachilar safiga ko‘chib o‘tgani bo‘ldi.

abbos.fs_

TsSKA klubi xalqaro uchrashuvlar munosabati bilan beriladigan tanaffus oldidan Premer-liganing ettinchi turida mamlakatning amaldagi chempioni “Zenit” bilan kuch sinashdi.

Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda moskvaliklar kichik hisobdagi ustunlikni ushlab qola bilmadi. Sergey Semak shogirdlari uchrashuv yakunlanishi arafasida javob to‘pini kiritib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Turning markaziy o‘yinida Abbosbek Fayzullaev zaxirada qoldirildi.

Bu bahsning oxirida katta janjal bo‘ldi. Tomonlar hissiyotlarini jilovlay olmadi.

Uchrashuvdan keyin TsSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov o‘z futbolchilariga murojaat qildi.

- Kerak bo‘lsa, tortishish kerak. Juda munosib o‘ynadingizlar. Buni ochko uchun janjallashish, deb baholash mumkin.

Hozir hammasini  qayta boshlash uchun vaqtimiz bor-a?

Biz o‘z muammolarimizni bilamiz. Qayta oyoqqa turish kerak, tayyorlanish kerak, birlashish kerak.

Kim o‘z mamlakati terma jamoasiga chaqirtirilgan bo‘lsa, vaqtini foydali ishga yo‘naltirsin. Biz bu erda qolganlar bilan kerakli barcha ishlarni bajarib turamiz. Bajarishimiz kerak bo‘lgan ishlar ko‘p, omadni biz tomonga yuz burishi uchun shunday qilishimiz shart.

G‘alabani qo‘ldan chiqarganimiz alamli, albatta. Lekin hayot davom etadi. Erga qarashga hojat yo‘q. Biz o‘z vazifamizni halol bajaryapmiz. Professional darajada. Balli, sizlarga, - dedi Vladimir Fedotov.

Tabiiyki, bu gaplar TsSKA asosiy tarkibiga kirish uchun kurashayotgan Abbosbek Fayzullevga tegishli. 19 yoshli futbolchimiz ham muayyan muddatga TsSKAni tark etadi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiylar shtabi hujumkor futbolchini sentyabr oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb qilgan.

Murabbiylar bu yig‘inga jami 28 nafar futbolchini chaqirtirdi. Ular orasida Evropa kuchli beshlik ligasidan “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanov, Rossiya Premer-ligasidan “Nijniy Novgorod” himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, “Rubin” hujumkor futbolchisi Umarali Rahmonaliev, TsSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev, forvardlar – “Nijniy Novgorod”dan  Ruslanbek Jiyanov va “Alaniya”dan Husayn Norchaev kabi legioner o‘yinchilarimiz bor.

PZrsIBh2H28KaxqIl2MaFY6MQzwIBBgs_medium

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2024 yili Qatar mezbonlik qiladigan 23 yoshgacha futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionatiga chiqish uchun kurashadi. Futbolchilarimiz saralash guruhida Eron, Afg‘oniston va Gonkong terma jamoalari bilan raqobatlashadi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi birinchi uchrashuvini 6 sentyabr kuni Afg‘onistonga qarshi o‘tkazadi. Uch kundan keyin Gonkong futbolchilari bilan kuch sinashadi. Eron vakillari bilan bo‘ladigan o‘yin 12 sentyabrga belgilangan.

Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!

Evropada yozning eng kutilmagan transferi – o‘zbek futbolchisi bo‘ldi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
04/09/2023 10:34
Хаммаси захирада факат Умаралидан ташкари