Evropa Ligasi. Kunning dastlabki ikki uchrashuvi prevyusi

  • 6 avgust, 2020, 17:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Sevilya» - «Roma»

Tecno

Sev - rom logo

«Sevilya»: Andalusiyaliklar mavsum avvalidagi UEFA reytingida 11-pog‘onada, Evropa Ligasi klublari orasida esa 2-o‘rinda qayd etilgan. La Ligada «Atletiko» bilan bir xil ochko to‘plaganiga qaramasdan, Lopetegi shogirdlari o‘zaro o‘yinlar nisbati sababli bronza medallardan mahrum bo‘ldi. «A» guruhi g‘oliblari pley-offning dastlabki bosqichida «Kluy» bilan qiyin o‘yin o‘tkazdi. Umumiy 1-1 hisobi bilan yakunlangan qarama-qarshilikda ispaniyaliklar mehmondagi gol evaziga keyingi bosqichga chiqdi.

Jamoa 5 karra (3 marta ketma-ket) Evropa Ligasi g‘olibi bo‘lgan.

 Taxminiy tarkib: Vatslik, Navas, Diego Karlos, Kunde, Regillon, Fernando, Jordan, Banega, Okampos, Munir, De Yong.

So‘roq ostida: Vatslik.

Diskvalifikatsiya xavfi ostida: Gudel

Tarkibga qo‘shilganlar: Xavi Diaz, Pablo Peres, Xuan Luis Sanches.

Qaydnomadan o‘chirilganlar: Chakartegi, Xavi Peres, Nolito, Amo, Karricho, Roni Lopes.

sev sostav

«Roma»: Rimliklar UEFA umumiy reytingida 15- va Evropa Ligasi jamoalari o‘rtasida 3-o‘rinda qayd etilgan. Joriy mavsumda ichki chempionatda 5-pog‘onani egallagan «jallorossiliklar» Chempionlar Ligasi yo‘llanmasidan quruq qoldi. Endi ular bor e’tiborini Evropa Ligasi chempionligiga qaratishi tabiiy. «J» guruhini ikkinchi pog‘onada yakunlagan Fonseka shogirdlari 1/16 bosqichda «Gent»ni umumiy 2-1 hisobida taslim etishga erishdi. Ushbu titulni qo‘lga kiritgan taqdirda, 1991 yilgi finaldagi mag‘lubiyat alamini olib, o‘z tarixida ilk marotaba chempionlikni nishonlaydi.

Taxminiy tarkib: Pau Lopes, Manchini, Ibanez, Kolarov, Bruno Peres, Diavara, Kristante, Spinatstsola, Mxitaryan, Zaniolo, Jeko.

Ishtirok eta olmaydi: Veretu.

So‘roq ostida: Pellegrini.

Diskvalifikatsiya xavfi ostida: Klyuyvert.

Tarkibga qo‘shilganlar: Bruno Peres, Ibanez, Nikolo Zaniolo.

Qaydnomadan o‘chirilganlar: Chetin, Pastore, Smolling.

roma sostav

Xulen Lopetegi («Sevilya» osh murabbiyi): «Roma» ayni paytda yaxshi o‘yinlar seriyasini namoyish etmoqda. A Seriyani ham ancha yuqori kayfiyatda yakunladi. Biz ulardan ustunligimizni ko‘rsatishimiz uchun eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishimiz lozim. Bahs finaldek kechadi va biz borimizni berishimiz lozim. Ushbu uchrashuv klub tarixiga daxldor bo‘lgan bellashuvlar sirasiga kiradi».

lopetegi

Paulo Fonseka («Roma» bosh murabbiyi): «Biz har taraflama o‘yinga tayyormiz. Butun e’tiborimiz raqibga qaratilgan. O‘zimizga ishonch va optimistik kayfiyatdamiz. Katta klublarga qarshi uchrashuvlar doim qiyinchilik tug‘diradi. Men uchun barcha to‘qnashuvlar muhim, men doim g‘alaba qozonishni xohlayman. Ha, «Sevilya» boshqa darajadagi klub, ammo bizning har bir klubga qarshi bahsdagi ambitsiyalarimiz bir xil.

fonseka

Pandemiya sharoiti bizdan mana shunday kuchli qarama-qarshilikning intrigaga boy bitta o‘yinini tortib oldi. Hechqisi, yo‘q. Ushbu faktor bugungi bellashuvning ahamiyatini oshiradi va har ikkala jamoa maydonda borlarini berishadi. Bizni Final oldi final bahslari turkumini bezay oluvchi uchrashuv kutib turibdi. «Sevilya» Evropa Ligasi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yozishga haqli bo‘lgan klub. Rimliklar tarkibi esa butkul o‘zgarib ketdi. Nimchorak finalning, so‘zsiz, eng markaziy bellashuvi «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida bo‘lib o‘tadi.

sevil - roma

«Bayer» - «Reynjers»

Bayer - Reynjers logo

«Bayer»: Leverkuzenliklar UEFA reytingining 23-pog‘onasida, Evropa Ligasi klublari orasida esa 5-raqamda qayd etilgan. Bundesligada so‘nggi turgacha kuchli to‘rtlik uchun kurashgan jamoa yakunda 5-o‘rin bilan cheklanishga majbur bo‘ldi. Bu bilan Peter Bosh shogirdlari kelgusi mavsum uchun ham Evropa Ligasi yo‘llanmasini naqd qilganliklarini anglatadi. «Bayer» EChL guruh bosqichida 3-pog‘onani egallab, Evropa Ligasiga yo‘l oldi. 1/16 finalda «Portu» umumiy 5-2 hisobida mag‘lub etildi. Klub ushbu turnir chempionligini qo‘lga kiritgan paytda (1988) hozirgi tarkib vakillarining aksariyati tug‘ilmagandi. Leverkuzenga ushbu kubok Chempionlar Ligasi havosi qaytishi uchun ham kerak.

Taxminiy tarkib: Xradeki, Lars Bender, Sven Bender, Tapsoba, Vendel, Arangiz, Bomgartlinger, Beyli, Xaverts, Diabi, Volland.

Ishtirok eta olmaydi: Amiri, Demirbay, Veyzer.

So‘roq ostida: Bellarabi

Diskvalifikatsiya xavfi ostida: Arangiz, Bellarabi, Vendel

Tarkibga qo‘shilganlar: Florian Virtz

Qaydnomadan o‘chirilganlar: Paulino

bayer sostav

«Reynjers»: Shotlandiya vitse-chempionlari UEFA reytingida 94- va turnir ishtirokchilari orasida 15-o‘rinda qayd etilgan. «G» guruhi ikkinchi o‘rin sohibi pley-offning dastlabki bosqichida «Braga»ni 4-2 hisobida engib, nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. «Reynjers»ning turnir finalida o‘ynaganiga ham ancha bo‘ldi (2008).

 

Taxminiy tarkib: MakGregor, Taverner, Goldson, Elander,  Barishich, Arfild, Jek, Aribo, Xagi, Kent, Morelos.

Ishtirok eta olmaydi: Katich, Defo, Belogan, Kamara.

So‘roq ostida: Devis.

Diskvalifikatsiya xavfi ostida: Barishich, Elander, Jek.

Tarkibga qo‘shilganlar: Firs, Elander, Jordan Jons.

Qaydnomadan o‘chirilganlar: Joao Balde, Foderingem, Xallidey, Kamberi, MakKeshni, Ojo, Polster.

Reynjers

Peter Bosh («Bayer» bosh murabbiyi): «Oson o‘yin bo‘lmaydi. Biz o‘zimizga yarasha yaxshi holatdamiz. «Reynjers» ham tayyorgarlik mobaynida ketma-ket 4 marotaba kuchli klublarni engdi. Yomon jamoa bilan bu ilojsiz edi. Karim Bellarabi individual tarzda mashg‘ulot olib bormoqda. Uning maydonga tushishi so‘roq ostida.

Peter Bosh

Stiven Jerrard («Reynjers» bosh murabbiyi): «Biz muhim o‘yin uchun tayyorgarlik ko‘rdik. Birinchi o‘yindagi 1-3 hisobi qattiq ranjitdi.  Leverkuzendagi bahsda tezkor gol orqali kurashga qaytib olishni xohlaymiz».

Stiven Jerrard

Stivi Ji boshliq shotlandiyaliklar javob bellashuvi oldidan qiyin ahvoldalar. Ingliz futboli afsonasi kamtarona tarkib bilan jamoasini ancha uzoq masofalargacha etaklay oldi. Peter Bosh murabbiyligi ostidagi «Bayer» esa alamzada. Ular Bundesligani 5-o‘rinda yakunlagani etmaganday, mamlakat kubogi finalini ham boy berdi. «Reynjers» gol urib olgan taqdirda, shiddatli va hujumkor o‘yin ko‘rishimiz mumkin. Ammo teskarisi bo‘lishi ham mumkin. Gol urib olgach, mehmonlar ham ehtiyotkorlikka e’tibor qarata boshlashlari mumkin. Uchrashuvning so‘nggi 20 daqiqasi oldidan «Reynjers» hisobda oldinda borishi bizga dahshatli atmosferani tuhfa etadi.

Bay - rey

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!