Evro-2020. 5 ta gol urgan Ispaniya 2-o‘rinni egalladi, Levandovskining dubli jamoasini qutqara olmadi

  • 23 iyun, 2021, 23:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionati 3-turidan o‘rin olgan navbatdagi ikki o‘yin yakunlandi. Ulardan birida Ispaniya Slovakiyani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Kiritilgan gollarga "qizil furiya" safida Lyaport, Sarabiya, Torres mualliflik qilgan bo‘lsa, slovakiyaliklarning ikki futbolchisi o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

Mazkur kvartetdagi ikkinchi bahs Shvetsiya - Polsha jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda nominal mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, Emil Forsberg ikki goli bilan jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Polyaklar tarkibida Robert Levandovski dubl qayd etib tarozi pallalarini tenglashtirdi. Ammo hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Klaesson aniq zarbasi bilan shvedlarga 3 ochko keltirdi.

Shu tariqa, 7 ochko to‘plagan skandinaviyaliklar peshqadam sifatida keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ikkinchi o‘rin esa Ispaniyaga nasib etdi. 1 ochko jamg‘argan Polsha turnir bilan xayrlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!