
"Everton" "Manchester Yunayted" vingerini sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" vakili Entoni Elanga "Everton"ga o‘tishi mumkin. Mersisaydlkilar uni sotib olishni olishni reja qilgan. "Qizil iblislar" ham muzokaralar o‘tkazishga tayyor, deya xabar bermoqda "FootMercato" nashri.
21 yoshli vinger zaxira futbolchisiga aylanib qoldi va faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga qarshi emas. U ayni dam Meyson Grinvud bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Mish-mishlarga ko‘ra, Grinvud ham "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin. "Atalanta" uni bir mavsumga ijaraga olmoqchi.
Fikrlar