
Erik ten Xag: Uni haydab to‘g‘ri qildim!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag o‘ziga bosh ko‘targan Jeydon Sanchoni jamoadan chetlatib, to‘g‘ri qaror qabul qilganini va bu ishidan pushaymon emasligini ta’kidladi.
Bu haqda The Telegraph nashri ma’lumot tarqatdi.
Ma’lumki, jamoaning eng qimmat o‘yinchilaridan hisoblangan Jeydon Sancho bosh murabbiy tanqidlariga ijtimoiy tarmoq orqali javob qaytarib, uni o‘ziga nisbatan adolatsizlik qilishda ayblagan edi.
Jeydon Sancho keyinchalik qilmishi uchun uzr so‘rashdan bosh tortdi. Oqibatda Erik ten Xag uni jamoa bilan shug‘ullanish va birga ovqatlanishdan ham chetlatdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, klub qishki transferlar vaqtida Jeydon Sanchoni boshqa klubga o‘tkazib yuborishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar