
Dibalaga yana bir taklif!
"Inter" "Yuventus" futbolchisi Paulo Dibalaga taklif yuborish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "neradzurrilar" argentinalikka 3+1 sxema ko‘rinishida yiliga 6 million evrolik shartnoma taklif qiladi. Paulo hozirda erkin agent sanaladi va u "Inter"ga o‘tadigan bo‘lsa, Milan klubi uchun tekinga tushadi.
28 yoshli hujumchiga "Roma" jiddiy qiziqish bildirmoqda va allaqachon taklif yuborishga ulgurgan. Shuningdek, APL top klublari ham "Yuventus" etakchisini kuzatib bormoqda. Biroq Dibalaning o‘zi A Seriyada to‘p tepishini ma’lum qilgan.
2015 yildan buyon Turin klubida o‘ynab kelgan futbolchi yakunlangan mavsumda 15 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar