
"Buxoro" Tojikiston yig‘inida. Tarkibda nomdor futbolchilar bor
Pro liganing yangi mavsumiga tayyorlanayotgan “Buxoro” puxta hozirlik ko‘rish maqsadida 6-20 fevral oralig‘ida Tojikistonning Xo‘jand shahrida o‘quv-mashg‘ulotini o‘tkazadi.
Jamoada esa jiddiy o‘zgarishlar bor. Muxlislar yaxshi biladigan, nomi chiqqan futbolchilar “Buxoro”ga qo‘shilishmoqda. Jumladan, Artyom Filiposyan, Davron Hoshimov, Fozil Musaev, Vitaliy Denisov, Akmal Tursunboev, Shirinboy Abdullaev, Islom Rashidxonov, Elyor Oripov kabilarni aytish mumkin. Qolaversa, “So‘g‘diyona”da to‘p surgan legioner Marko Kolakovich ham buxoroliklar safida. Shuningdek, belaruslik himoyachi Yaroslav Makushinskiy “Buxoro” tarkibiga qo‘shilgan.
Ulug‘bek Baqoev boshchiligidagi murabbiylar shtabidan esa Viktor Karpenko joy olganini ham qo‘shimcha qilish darkor.
"Buxoro" matbuot xizmati Xo‘janddagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etuvchi murabbiylar va futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi:
Bakaev Ulug‘bek – Bosh murabbiy
Eramchuk Mixail - Katta murabbiy
Umarov Jamshid - Analitik
Karpenko Viktor - Murabbiy
Raxmatov Muxammad – Ma’mur
Mixaylov Igor – Darvozabonlar murabbiyi
Bomurotov San’at - Shifokor
Shomurodov Akram - Massajchi
Yusupov Valeriy – Massajchi
Nurullaev Nazirjon - Matbuot kotibi
Futbolchilar:
Abdullaev Shirinboy
Tursunboev Akmal
Xasanov Jasur
Denisov Vitaliy
Nasridinov Daniel
Qayumov Asilbek
Po‘latov Izzatillo
Shodmonov Bexruz
Jo‘raev Anvar
Ro‘ziev Javohir
Filiposyan Artem
Xoshimov Davron
Makushinskiy Yaroslav
Kolakovich Marko
Musaev Fozil
Ikich Frane
Oripov Elyor
Muxammadov Mirshod
Jaloliddinov Diyorbek
Xayrullaev Ravshan
Komilov Shoxmalik
Rashidxonov Islom
Orzikulov Nodirjon
Fikrlar