"Buxoro" o‘z tarkibiga muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan ikki nafar futbolchini qo‘shib olyapti

  • 13 yanvar, 2024, 00:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazib, pro ligaga tushib ketgan "Buxoro" klubi asta-sekin joriy yilgi chempionat uchun tayyorgarlik ishlariga kirishmoqda. Tarkibda esa o‘zgarishlar bo‘lishi muqarrar. 

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, "Buxoro" ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan futbolchilar - Anvarjon Jo‘raev hamda Bexruz Shodmonov yangi mavsumni «Buxoro» klubida boshlashi kutilyapti.

anvar juraev

Har ikki futbolchining o‘z klublari bilan amaldagi shartnomalari yakunlangan.

bexruz shodmonov

Eslatib o‘tamiz 2018 yilgi mavsumda ushbu futbolchilar Ulug‘bek Baqoev qo‘l ostida katta futbolda debyut qilishgan. Jo‘raev hamda Shodmonov «Buxoro»ning yaqinda boshlanadigan yig‘iniga qo‘shilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!