
Bugun Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlanadi. O‘zbekiston MTJ qaysi savatchadan o‘rin egallagan?
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2023 yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichida ishtirok etadi.
Bugun saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bahrayn, Iordaniya, Qirg‘iz Respublikasi, Falastin va Hindiston bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.
Avvalroq, Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur saralash bahslarini o‘z maydonlarida qabul qiladigan mamlakatlar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etadigan uchrashuvlar yurtimizda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Mazkur o‘yinlar 8, 11 va 14 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar