
Bu yil UFC'da qanday yirik janglar o‘tkazilishi mumkin?
Mashhur jurnalist va insayder Ariel Xelvani “The MMA Hour” efirida joriy 2024 yilda UFC’da qanday yirik janglar o‘tkazilishi mumkinligini sanab o‘tdi.
UFC 306 — Las-Vegas, «Sfera»:
Shon O'Melli — Merab Dvalishvili; Aleks Grasso ishtirokida chempionlik jangi (hozircha raqib noma’lum).
UFC 307 — Solt-Leyk-Siti:
Iliya Topuriya — Maks Xollouey; Rakel Pennington — Julianna Penya.
UFC 308 — Abu-Dabi:
Islam Maxachev — Arman Tsarukyan.
UFC 309 — Nyu-York:
Jon Jons — Stipe Miochich.
UFC 310 — Las-Vegas:
Konor Makgregor — Maykl Chendler.
Biroq, Xelvani bu janglar faqat rejalashtirilayotgani va ba’zi jangchilar hali jang uchun shartnoma imzolamaganini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Fikrlar