Bu g‘alabadan kattaroq natija

  • 24 avgust, 2023, 22:35
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz sayti jurnalisti - Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram kanalida hozirgina yakuniga etgan O‘zbekiston superkubogi bahsi haqida post qoldirdi. Uning aytishicha, bu g‘alaba "Nasaf" uchun ruhiy tomondan suv va havodek zarur edi.

Tecno

"Kayfiyati yo‘q "Nasaf" bugun "Paxtakor"ga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatmagan bo‘lishi mumkin, biroq ruhan g‘olib chiqishni uddaladi.

Berdiev shogirdlari avvalga qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib to‘p o‘tkazib yubordi. Barchasi, navbatdagi gollarga qarab ketayotgandek tuyulgan paytda, jamoa qaytdi. Qaytganda ham, agressiv pressing, to‘p nazorati va sovuqqon zarbalar bilan qaytdi. Yakunda, 2:1 "ajdarlar" Superkubok egasiga aylanmoqda!

To‘g‘ri, kim uchundir bu sovrin Superliga oltin medallari oldida qiymatizdek tuyulishi mumkin, ammo "ajdarlar" uchun bugun bu g‘alaba suv va havodek zarur edi. Sovrin o‘z yo‘liga. Bugun maydonda undan ancha og‘irroq tosh bosadigan narsalar uchun "jang" bo‘ldi.

34ok34okg

O‘yindan avval "Nasaf" ham, xuddi "Paxtakor" singari o‘zbek futbolining bayroqdor jamoasi ekanligi va bu darajada bir yo ikki omadsizlik evaziga yo‘qolib qolmasligi haqida yozgan edim. Bugun, "ajdarlar" buni amalda ham isbotladi. "Paxtakor" esa, bugun OChL oldidan juda ko‘plab nuqtalarda muammolar bor ekanligini ko‘rib oldi. Yaxshi o‘yin, 3 ta gol va a’lo darajada ishlagan hakamlar brigadasi. Final uchun bundan zo‘r ssenariy bo‘lmasa kerak.

"Paxtakor"da "Navbahor" ustidan qozongan g‘alabadan keyingi eyforiya bugun tarqab ketdi. Yaxshilab razm solinsa, avvaliga kubok, keyin Superkubokda alamli mag‘lubiyat. O‘rtada Superliga oltin medallari qoldi. Uning uchun ham hali "jang" qilish kerak bo‘ladi. Bugungi o‘yindan so‘ng, chempionlikka ko‘z tikkan jamoa soni yana bittaga ortganini hisobga olsak, oson bo‘lmasligi aniq. Buyog‘iga endi hech kimga oson bo‘lmaydi."

Eslatib o‘tamiz, bahs 2:1 hisobida "Nasaf" foydasiga hal bo‘ldi. Gollarga Dragan Cheran, Oybek Bozorov va Marko Stanoevichlar mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Олға насаф
25/08/2023 14:22
Яхши ўйин бўлди. Насаф бу ўйинда устунлик қилди. Бу ғалаба Насафга кейинги ўйинларда мотивация беради деб умид қиламиз. Олға "НАСАФ".
Суюнов Шерзод
24/08/2023 22:58
Сенлар ўрганиб қолибсанлар шекилли, пахтакор гол урса албатта Черан ўради деб ўйлайсанлара
Earson 1
24/08/2023 22:47
долбанлар гоулни бонашак урди-ку
Earson 1
24/08/2023 22:47
долбанлар гоулни бонашак урди-ку