"Borussiya" Dortmund urugvaylik to‘purarni ko‘zlamoqda

  • 2 dekabr, 2021, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Benfika" hujumchisi Darvin Nunes faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Record nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 22 yoshli urugvaylik futbolchining xizmatlariga "Borussiya" Dortmund jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Futbolchining agenti Edgardo Lasalviya allaqachon nemis grandi rahbariyati bilan uchrashgan.

Nunesning ayni damdagi transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsum "Benfika" safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!