
Biz ko‘chadan chiqqan futbolchilarmiz. Endi bunaqasi bo‘lmaydi!
“Barselona”ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski futbol tobora o‘zgarib borayotgani haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
35 yoshli futbolchining fikricha, hozir ko‘chada to‘p tepib yurgan bolalarning professional futbolchi bo‘lish imkoniyati deyarli qolmagan.
- Futbol muntazam o‘zgarib bormoqda va hozirgi paytda ko‘chada to‘p tepib yurgan bolalarning futbolchi bo‘lishi juda qiyin.
Bizning avlod aynan ko‘chada futbol o‘ynab katta bo‘lgan va endi buning umuman imkoniyati yo‘q, - dedi Robert Levandovski.
Levandovskining o‘zi “Delti Varshava” jamoasi tarbiyalanuvchis hisoblanadi. Professional faoliyati davomida o‘z yurtida “Legiya-2”, “Znich Prushkuv”, “Lex” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Mohir to‘purar 2010-2014 yillarda “Borussiya Dortmund”, 2014-2022 yillarda “Bavariya”da o‘ynagan va Bundesligadagi faoliyatini tugatib, “Barselona”ga transfer bo‘lgan.
Levandovski klublar miqyosida 775 ta uchrashuvda 572 ta to‘p kiritgan va 153 ta assist qayd etgan.
Fikrlar