“Siti” va “Yunayted” “Bavariya” yulduzi uchun kurashyapti

  • 4 iyul, 2022, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” mutasaddilari “Bavariya” hujumkor futbolchisi  Serj Gnabrini o‘z safiga qo‘shib olish uchun o‘zaro raqobatlasha boshladi, deb xabar bermoqda The Sun nashri.

Tecno

Myunxenliklar aslida 26 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi edi. Biroq, hozircha, tomonlar kelisha olmayapti.

Buni inobatga olgan klub rahbariyati agar yaxshi taklif bo‘lsa, o‘yinchini sotib yuborishga tayyor ekanini bildirgan.

Manchesterning har ikki klubi bosh murabbiylari bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan iste’dod egasiga jiddiy qiziqmoqda.

Gnabri butun faoliyati davomida 302 ta o‘yin o‘tkazib, 105 ta gol va 62 ta assist muallifi bo‘lgan. Bir yillik shartnomasi qolgan o‘yinchining transfer summasi 90 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!