
"Bavariya" etakchisi jarohat oldi
"Bavariya" vingeri Serj Gnabri Bundesliga doirasidagi "Maynts"ga qarshi (5:2) o‘yinda jarohat oldi.
Myunxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik navbatdagi o‘yinda Gnabri ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi. Hozirda u mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti.
Serj joriy mavsum 4ta gol urdi va shuncha golga hammualliflik qildi. "Bavariya" 8 yanvar kuni Myunxengladbaxning "Borussiya" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar