"Barselona" yulduzi jamoadan ketmoqchi

  • 25 oktabr, 2022, 10:50
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Ansu Fatiga jamoa asosiy tarkibidan joy berilmasa, Kataloniyani tark etishga tayyor.

Tecno

Avvalroq, 19 yoshli futbolchining Xavi Ernandes boshchiligidagi "ko‘k-anorranglilar" safida o‘rinbosar rolidan noroziligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. "Radioestadio Noche" nashri xabariga ko‘ra, holat jiddiylashishi mumkin: agar vaziyat tez orada o‘zgarmasa, Fatining agenti uni boshqa klubga transfer qilish ishlarini boshlab yuboradi.

Ansu Fati joriy mavsumda “Barselona” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol  va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Mazkur bahslarning 12 martasida yosh hujumchi zaxiradan maydonga tushdi. Uch bellashuvda esa ilk daqiqalardan harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!