"Barselona" sindimi?

  • 17 aprel, 2023, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Barselona"ning kuchi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, kecha “matraschilar” La Ligada “Almeriya”ni (2:1) mag‘lub etib, qatorasiga oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi, “ko‘k-anorranglilar” esa “Xetafe”ni mag‘lub eta olmadi (0:0). Ammo Xavi Ernandes shogirdlari 73 ochko bilan turnir jadvalida hamon peshqadam bo‘lib turibdi. Ular «Real» va «Atletiko»dan mos ravishda 11 va 13 ochko oldinda borishmoqda.

“Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bu mavsumda “Barselona” chempionatda hammadan ustun, ammo hozir jamoada jarohatlar ko‘p, so‘nggi ikki o‘yinda durang qayd etilgan. Bugungi o‘yinimiz esa meni menga optimistik ruh bag‘ishlamoqda”, - dedi Simeone Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, La Liganing navbatdagi turida "Barselona" o‘z maydonida "Atletiko"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv 23 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdullox
18/04/2023 02:56
Barsani yutib ber keyingi oʻyinda
&
Abdullox
18/04/2023 02:55
Narsani yutib ber keyingi oʻyinda