
"Barselona" "Liverpul" yulduziga bo‘lgan qiziqishni oshirdi
"Barselona" yozgi transferlar oynasida "Liverpul" futbolchisi Luis Dias bilan shartnoma imzolamoqchi.
So‘nggi paytlarda kataloniyaliklar a’zosi Rafinyaga Saudiyaning bir qator klublari yaxshi moliyaviy takliflar bilan chiqib, vingerni o‘z safiga qoshib olmoqchi. "Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati agar futbolchi jamoani tark etsa, uning o‘rnini Dias bilan to‘ldirishni maqsad qilib qo‘ygan. Mersesaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot esa Luisni jamoada olib qolishidan manfaatdor ekanligini bildirdi, deb xabar bermoqda "El Nacional" nashri.
Ma’lumot uchun, kolumbiyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, Tranfermarkt portalidagi narxi 85 million evro deb baholanmoqda. Hujumchi joriy mavsumda APLning 22 ta uchrashuvida maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar