
"Barselona" Gavining tovon pulini 1 milliard evro etib belgilamoqchi
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi Kataloniya klubi bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Yangi bitimda futbolchining tovon puli 1 milliard evroni tashkil qiladi. Uning hozirgi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
2021/22 yilgi mavsumda Gavi "Barselona" safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda Ispaniya terma jamoasi futbolchisi “Barselona” safida 6 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar