
"Barselona" Argentinadan super iste’dodli yarim himoyachi topdi
Argentinaning "River Pleyt" klubi yarim himoyachisi Franko Mastantuono faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. "Sport" nashrining xabariga ko‘ra, "Barselona" 16 yoshli vunderkindni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Frankoning shartnomasida 25 million evro tovon puli mavjud. Argentinalik futbolchi markaziy yarim himoyada va o‘ng qanoti hujumida harakat qiladi. Mastantuono 2019 yildan beri "River Pleyt" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda sakkizta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi. Futbolchining mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar