
"Barselona" 17 yoshli vunderkindni kuzatmoqda
Argentina yoshlar terma jamoasi futbolchisi "Barselona" qiziqishlari doirasida.
"River Pleyt" futbolchisi Franko Mastantuono Kataloniya klubining e’tiborini tortdi. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi. U markaziy yarim hujumda va o‘ng qanot vingeri pozitsiyasida o‘ynay oladi.
Mastantuononing "River Pleyt" bilan shartnomasi 2025 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi. Uning tovon puli 30 million dollarni tashkil qiladi.
Fikrlar