“Barsa”ga tekinga boraman!

  • 25 dekabr, 2024, 21:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi hujumkor futbolchisi Leroy Sane joriy mavsum yakunlanganidan keyin Kataloniyaga ko‘chib borishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Sport.es saytining yozishicha, 28 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent sifatida “Barselona” safiga qo‘shilmoqchi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” ham Sane bilan hamkorlik qilishga moyillik bildirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ilgari Leroy bilan birga ishlagan va ustoz-shogird o‘rtasida do‘stona aloqalar saqlanib qolgan.

“Bavariya” Sane bilan yangi bitim tuzishga harakat qilyapti. Bu futbolchiga “Chelsi”, “Tottexem” va “Manchester Yunayted” kabi klublar ham ish berishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!