
“Barsa” yulduzi: Tanlov jahon chempionatidan keyin hal bo‘ladi
“Bavariya” rahbariyati “Barselona”da porlayotgan 18 yoshli yarim himoyachi Gavining imkoniyatlarini yuqori baholab keladi.
Bu futbolchi hali yosh bo‘lishiga qaramay, Kataloniya klubida va Ispaniya terma jamoasida ko‘zga ko‘ringan vazifalarni uddalab kelmoqda.
Myunxenliklar yozgi transferlar vaqtida Gavini o‘z jamoasiga taklif qildi. Muzokaralarda ispan futbolchisi shu yil oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatidan oldin jamoasini o‘zgartirishga tayyor emasligini bildirgan.
Gaviga Evropaning qator klublaridan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. “Barselona” ham uni osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas va shu mavsum oxirida yakunlanadigan shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda.
“Bavariya” mutasaddilari Gavi transferiga kelasi yoz qaytishga qaror qildi. Ungacha, futbolchining natijalari tahlil qilib boriladi.
Fikrlar