
"Barsa" qiziqayotgan yosh talantni "Manchester Siti" ilib ketish arafasida
"River Pleyt" futbolchisi Klaudio Echeverri "Manchester Siti"ga o‘tish arafasida. "Shaharliklar" ushbu transferni yakunlash arafasida. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
17 yoshli o‘yinchining transfer qiymati 20 million evro atrofida bo‘lishi mumkin. Manchester klubi uni sotib olib, hozirgi klubi "River Pleyt"ga mavsum so‘nggiga qadar ijaraga berishni rejalashtirmoqda.
Qayd etish lozim, Echeverriga "Barselona" ham qiziqayotgandi.
Fikrlar