
Arteta Tuxel haqida: Men uning muxlisiman
Mikel Arteta "Bavariya"ni yuqori darajadagi jamoa deb hisoblaydi.
"Arsenal" va "Bavariya" 9 aprel kuni Chempionlar ligasi chorak finalida kuch sinashadi.
"Oldinda jiddiy vazifa turibdi. Chempionlar ligasining eng muvaffaqiyatli klublaridan biriga qarshi o‘ynaymiz. Mazkur bahsni intiqlik bilan kutyapmiz.
"Bavariya" - top jamoa va men Tomas Tuxelning ashaddiy muxlisiman. Undan juda ko‘p narsa o‘rgandim. Ularning mag‘lubiyatlariga kelsak, bu tarix. Biz ulardan yaxshiroq ekanligimizni o‘zaro bahsda isbotlashimiz kerak", - dedi Arteta.
Fikrlar