"Arsenal" "Chelsi"dan ikkita transferni ilib ketmoqchi

  • 25 yanvar, 2023, 01:08
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" "Brayton" futbolchisi Moyses Kaysedo va "Everton" yarim himoyachisi Amadu Onanani o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Standart Evening" nashri xabar bermoqda. Manbaning ta’kidlashicha, Mersisayd jamoasi 21 yoshli belgiyalik uchun 50 million funt sterling talab qilmoqda. 

Tecno

Ushbu ikki o‘yinchiga "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda. Kaysedo uchun uning klubi 100 million funt sterling so‘ramoqda. "Aristokratlar" esa 65 million funt sterling to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, avvalroq "Arsenal" amalga oshirishga yaqin kelgan Mudrik transferini "Chelsi" ilib ketgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!