"Arsenal" angliyalik to‘purarni nishonga oldi!

  • 28 iyun, 14:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Daily Mail" nashrining xabar berishicha, "Arsenal" hujumni kuchaytirish borasida "Aston Villa" forvardi Olli Uotkinsni kuzatishda davom etmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, londonliklar angliyalik hujumchini olib kelish bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichini boshlamoqchi.

Tecno

Shu bilan birga, klubning asosiy transfer maqsadlari sifatida Viktor Dyokeresh ("Sporting") va Benyamin Sheshko ("Leyptsig") ko‘rilmoqda. Agar ushbu ikki futbolchi bo‘yicha kelishuv amalga oshmasa, unda "kanonirlar" barcha e’tiborini Uotkins transferiga qaratadi.

29 yoshli Uotkins o‘tgan mavsumda 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 14 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 40 million evro deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!