
Arman Tsarukyan: "Islom Mahachev bilan jang bo‘lishi endi juda qiyin"
Rossiya va Armaniston sharafini himoya qilayotgan Arman Tsarukyan engil vaznda UFC sobiq chempioni Islom Maxachev bilan jang o‘tkazish ehtimoli haqida gapirdi.
"Bizning yo‘llarimiz, ehtimol, endi kesishmas. Men 70 kiloda mustahkam qolmoqchiman, Maxachev esa 77 kiloga o‘tdi va qaytishi dargumon. Unga yarim o‘rta vaznda omad tilayman va umid qilamanki, u kamarni qo‘lga kiritib, uni xohlaganicha himoya qiladi", — dedi Arman "Sport 24" ga bergan intervyusida.
Demak, barchamiz kutgan Tsarukyan va Mahachev o‘rtasidagi super to‘qnashuvni ko‘rish ehtimoli deyarli yo‘q.
Fikrlar