
APL. "Nyukasl" "Lester"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
APL 17-turidan o‘rin olgan "Lester" - "Nyukasl" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda mehmonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Vud 3-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. Biroz o‘tib Almiron oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 32-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Joelinton hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Eddi Xau shogirdlari ochkolari sonini 32 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 17 ochkosi bor "tulkilar" 13-pog‘onani band etgan.
Fikrlar