Anri yana Belgiyaga qaytishi mumkin

  • 29 aprel, 2019, 22:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik mashhur mutaxassis Terri Anri faoliyatini Belgiyaning "Anderlext" klubida davom ettirmoqchi. Bu haqda Het Laatste Nieuws nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 41 yoshli mutaxassis “Anderlext”ni yangi mavsumdan boshlab boshqarishga tayyor. Biroq, belgiyaliklar bosh murabbiy lavozimiga biror bir mutaxassis nomzodini jiddiy ko‘rib chiqishmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Anrining so‘nggi ish joyi “Monako” klubi bo‘lgandi. U ushbu jamoani 3 oy boshqargach iste’foga chiqarildi. U bundan avval shuningdek Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ham faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, “Anderlext” ayni damda Belgiya chempionatida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!